Bir haftada 8 kilogrammdan ortiq oltin sotildi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
5527Joriy yilning 16–20 dekabr kunlari O‘zRTXB AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining bir qator tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 4079,8 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 3404,6 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,5 foizga pasayib bir tonnasi uchun 6241,7 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 12,7 mlrd so‘mlik 4740,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,6 foizga pasayib, bir tonna uchun 2688,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. ST 14-35 GS armaturaning narxi 3,2 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 5315,2 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 4,8 ming tonnani tashkil qilgan.
Qimmatbaho metallar bozorida narxlar o‘sib bormoqda. Savdo yakunlariga ko‘ra O‘zRTXB da qariyb 3,8 mlrd so‘mlik 8 kilogrammdan ortiq Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 1 foizga ko‘payib, 1 gr oltin uchun 453,1 ming so‘mni tashkil qilgan.
Sement bozori ham narxlar pasayishini ko‘rsatmoqda. PS M-400 D-20 sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 1,7 foizga tushib, 496,8 ming so‘mni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqdanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019) dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 4,9 foizga o‘sib, bir tonna uchun 14,6 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10,9 mln so‘mdan 14,5 mln so‘mgacha bo‘ldi.
I-0760 - markali polietilenning narxi 1,4 foizga pasayib, 10,9 mln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.
O‘tgan haftada karbamid bozorida narxlar biroz ko‘tarilishi kuzatildi. Karbamid “V” ning bahosi o‘tgan haftada 0,6 foizga o‘cib, bir tonnasi uchun 1842,1 ming so‘mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 49,1 ming tonna mineral o‘g‘itlari sotilgan.
1-navli bug‘doy unining birja bozorida muvozanat holat qayd etilmoqda. So‘nggi savdo haftasida 30,6 ming tonna 1-navli un birja savdolariga qo‘yildi va shundan qariyb 68 mln so‘mlik 29,3 ming tonnasi sotilgan. 1-navli un bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va bir tonnasi uchun 2217,2 ming so‘mni tashkil etdi.