Bir haftada 15 mingga yaqin veb-sayt bloklandi
Texnologiya
−
12 dekabr 2022
64215 dan 11 dekabrgacha bo‘lgan hafta davomida Rossiyada 14,8 ming sayt bloklandi. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni “Kommersant’” nashri bloklangan internet-resurslar reyestridagi ma’lumotlar qaydini yurituvchi “Roskomsvoboda” inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Shu bilan birga, 2,1 ming saytga kirish (14 foiz) nomi oshkor etilmagan tashkilot qarori bilan to‘xtatilgan.
"Ehtimol, bu Bosh prokuraturadir, chunki aynan u “to‘satdan” yuklamalardan g‘oyib bo‘lgan”, deydi “Roskomsvoboda” matbuot kotibi Natalya Malisheva.
O‘tgan haftada blokirovkaning 60 foizi sud qarorlari bilan, yana 12 foizi Federal Soliq xizmati talabiga binoan amalga oshirilgan.
Oldingi rekordlar – 2021 yil aprel va 2018 yil aprel oylari
Muxolifatdagi siyosatchi Aleksey Navalniyning ta’qib qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida bir hafta ichida 18,1 ming resursga kirish yopilgan 2021 yil aprelidan beri Rossiyada bunday ommaviy blokirovkalar bo‘lmagan. Bunday qarorlarning yana bir cho‘qqisi 2018 yilning aprel oyida kuzatilgan: Telegram messenjerini blokirovka qilishga urinishlar fonida 13,4 ming sahifa bloklangan.
“Roskomsvoboda” ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha, 2022 yil davomida Rossiya hukumati haftasiga 1,5 mingdan 7 minggacha saytni bloklagan, o‘rtacha 4,9 mingta.
LiveBarchasi