Biologlar rad etgan hodisa yuz berdi

Olam

image

Temza daryosi qirg‘oqlarida yana tyulenlar ko‘paya boshladi, deya xabar bermoqda Daily Mail. 

2018 yilda Temza daryosi qirg‘oqlarida 183 ta tyulen bolasi dunyoga kelgan. Bu  biologlarni juda hayratda qoldirdi, chunki yetmish yil davomida daryo qirg‘oqlari “biologik o‘lik”, deb topilgan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, oddiy va uzuntumshuq tyulenlar soni o‘sib bormoqda. Ammo mutaxassislar bunday ko‘payish tabiiy yo‘l bilanmi yoki migratsiya tufayli ekanini hozircha aniqlagani yo‘q.

Hozir olimlar umidli kayfiyatda va buni: “Tyulen bolalarining bunchalik ko‘pligi daryoning ularga yetarlicha oziqa yetkazib berayotgani va faol ko‘payish uchun sharoit qulay bo‘lganidan”, deyishmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Temza qirg'oqlari

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar