Bezos ortda qoldirildi. Dunyoning ikkinchi eng boy odami o‘zgardi

Olam

image

Hindistonlik multimilliarder Gautam Adani dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Jeff Bezosdan o‘zib ketib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adani yilni milliarderlar indeksi bo‘yicha 14-o‘rindan boshlagan, biroq uning boyligi 146,9 milliard dollarga o‘sgan. Hozirda “Tesla” va “Space X” asoschisi Ilon Maskdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 260 milliard dollarga teng.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Adanining “Adani Enterprises Ltd.” kompaniyasining aksiyalari bu hafta rekord darajaga ko‘tarilgan va uning ba’zi kompaniyalarining aksiyalari 2020 yildan buyon 1000 foizga oshgan.

Shu bilan birga, Jeff Bezosning boyligi AQSH texnologiya zaxiralari tushishi tufayli 145,8 milliard dollargacha qisqargan.

Ma’lumot o‘rnida, 1980-yillarda Gautam Adani Mumbaydagi olmos sanoatida o‘zini sinab ko‘rish uchun ikkinchi kursda universitetni tashlab ketgan. 1988 yilda Adani hozirda “Adani Enterprises Ltd.” nomi bilan tanilgan kompaniyasiga asos solgan.

Yillar davomida u mamlakatning aeroportlari, ko‘mir qazib olish va portlarini kengaytirdi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Hindistonning Ahmadobod shahrida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida “Tesla” va “Space X” rahbari Ilon Mask “Forbes” yillik milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egallab, sayyoramizning eng boy odamiga aylangan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1091

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing