Beyoncening Shveysariyadagi konserti inflyatsiyaga sabab bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur Amerikalik qo‘shiqchi Beyonce Jizel Noulz dunyo bo‘ylab amalga oshirishni rejalashtirgan turini Stokgolmdan boshladi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, megayulduzning tashrifi mamlakatda mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish narxining kutilmaganda ortishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Aljazeera” nashri  xabar berdi. 

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiya inflyatsiyasi may hisobiga 10 foizga tushgandi. Biroq tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Beyoncening mamlakatga kelishi vaziyatni o‘zgartirib yuborgan. Xususan, aprel oyida 10,5 foizga pastlagan iste’mol narxi yana 9,7 foizga o‘sgan. 

“Beyoncening dunyo bo‘ylab amalga oshiradigan sayohatini Shvetsiyadan boshlashi may inflyatsiyasining sababchisi bo‘lishi mumkin, qancha miqdorda ekanligi esa aniq emas,” deydi  Shvetsiyaning Danske bank bosh iqtisodchisi Maykl Gren. 

Uning mehmonxonalar va restoranlardagi narxlarning ortishi orqali inflyatsiyaga qo‘shgan hissasi ehtimoliy  0,2%  va 0,3 foizni tashkil etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, qo‘shiqchining ushbu turdagi navbatdagi manzili Niderlandiyaning Amsterdam shahri. Ushbu konsert dasturi Amsterdam arenasida 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Tur 27 sentyabr kuni AQSHning Yangi Orlean shahrida o‘z nihoyasiga yetishi rejalashtirilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

inflyatsiya Shveysariya Beyonse Jizel Noulz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar