Besh yil oldin koinotga uchirilgan Tesla elektromobili Mars orbitasiga yetib bordi

Texnologiya

image

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Tesla elektromobilini koinotga olib chiqqan raketani uchirganiga besh yil bo‘ldi. Endilikda u Mars bilan bir xil orbitaga yetib bordi, biroq u hali ham sayyoraning o‘zidan uzoqda joylashgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektromobil allaqachon Quyosh atrofida 3,5 marta aylangan va hozirda Mars sayyorasi orbitasida Yerdan 327 million km uzoqlikda joylashgan. Lekin ob’ekt 2018 yildan beri bevosita kuzatilmagan. Hatto mashinaning buzilmaganini ham aniq aytish qiyin, chunki u meteorit bilan to‘qnashuvda shikastlangan bo‘lishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, 2020 yilda qurilma birinchi marta Marsga yaqinlashgan va hozirgacha u 4 milliard kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. 2018 yilda elektromobil fazoga uchirilishi oldidan qilgan nutqida Ilon Mask, tajribaning muvaffaqiyatli o‘tish ehtimoli taxminan 50 foizni tashkil etishini aytgan. Raketa xavfsiz uchirilgan va o‘shandan beri mashina Yer va Marsni kesib o‘tuvchi elliptik orbita bo‘ylab Quyosh atrofida aylanib yurgan.

Koinotga elektromobildan tashqari boshqa ko‘plab buyumlar, jumladan “Starman” ismli qo‘g‘irchoq, Duglas Adamsning “Avtostopchining Galaktika bo‘yicha qo‘llanmasi” romani va SpaceX xodimlarining ism-shariflari yozilgan jadval ham uchirilgan. Uchirish chog‘ida Ilon Mask bir kun kelib odamlar Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarda aholi punktlari qurishini, avlodlari esa Tesla elektromobilini tutib, muzeyga qo‘yishini aytgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made