Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi

Sport

image

“Manchester Siti” va Portugaliya terma jamoasining yarim himoyachisi Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqida “Championat” nashri xabar berdi.

“Afsuski, javob bera olmayman, chunki hozir terma jamoada o‘ynayapman va bor e’tiborimni imkon qadar o‘yinga qaratganman. Keling, mavsum tugagach, nima bo‘lishini ko‘ramiz”, deydi Silva.

27 yoshli Silva ingliz klubiga 2017 yilda “Monako”dan 50 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Transfermarkt” portali futbolchini 75 million yevroga baholagan.

Aziza Nizomiddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing