Bermud uchburchagida yuz yil oldin yo‘qolgan kema topildi

Olam

image

Dengiz arxeologlari jamoasi Bermud uchburchagida yuz yil oldin izsiz g‘oyib bo‘lgan kemani topishdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Tijorat kemasi bo‘lmish SS Cotopaxi 1925 yilning 29 noyabr kuni Janubiy Karolina shtatining Charlston portidan Kubaga qarab yo‘lga tushgan edi. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, u butun ekipaj a’zolari bilan g‘oyib bo‘ldi. 

“SS Cotopaxi sug‘urta agentining yozuvlarini o‘rganish davomida ilgari ma’lum bo‘lmagan faktlar ochildi. Kema portdan chiqqanidan so‘ng, oradan ikki kun o‘tib, 1 dekabrda falokat signalini yuborgan”, deb ma’lum qiladi The Science Channel.

Olimlar bu ma’lumot ortidan bundan 35 yil ilgari Florida shtatining Sent-Ogastin shahri qirg‘oqlaridan topilgan kema SS Cotopaxi bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishadi.

“Mavjud barcha dalillarni muhokama qilish va ko‘rib chiqishdan so‘ng, biz SS Cotopaxi kemasini topdik, degan qarorga keldik”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

524

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing