Berlinda rossiyalik jurnalistlarga qarshi teraktning oldi olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 6 may kuni Berlinda Rossiyaga tegishli turar-joy majmuasida yashovchi rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga qarshi terrorchilik harakatini amalga oshirishga bo‘lgan ehtimoliy urinishning oldi olindi. Bu haqda Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, binoning derazalaridan biri shisha bilan sindirilgan. Keyin uyda suyuqlik bilan to‘ldirilgan katta idish, plastik shisha va simlar yopishtirilgan gaz ballonidan iborat shubhali narsa topilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu ashyo qo‘lbola portlovchi qurilma bo‘lganini tasdiqlagan. Portlash xavfi bo‘lgani sababli qurilma joyida zararsizlantirilgan. Operatsiya natijasida hech kim jabrlanmagan. 

Xabarga ko‘ra, Berlin politsiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.

“Rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga xavfsiz joyga ko‘chib o‘tish imkoniyati berildi. Voqea fakti yuzasidan elchixona Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga jinoyatchilarni aniqlash talabi bilan nota yubordi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi hamda NATO davlatlaridan rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolarini o‘z hududida himoya qilish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

“Biz buni G‘arbda Rossiya ommaviy axborot vositalari va ularning xodimlariga nisbatan boshlangan ta’qiblarning bevosita natijasi deb bilamiz. Rossiya telekanallarining YeI davlatlarida taqiqlanishi haqidagi siyosiylashtirilgan qaror jurnalistlarning jismoniy qo‘rqitilishiga olib keldi. Germaniya hukumati ushbu jinoyatni har tomonlama chuqur tekshirishga majburdir”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Vazirlikka ko‘ra, demokratiyaning asosiy tamoyillari – so‘z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligiga qaratilgan bu qo‘pol hujumga xolis baho BMT, UNESCO va YeXHTning jurnalistlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalari tomonidan berilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing