Berlinda karantin choralariga qarshi namoyishga chiqqan 365 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Kecha, 18 noyabr kuni Berlinda odamlar koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlarga qarshi norozilik namoyishlariga chiqishdi. Politsiya ulardan kamida 365 tasini qo‘lga oldi. Bu haqda Berlin politsiyasining Twitter sahifasiga tayanib xabar berilgan. 

"Soat 19:30 ga qadar jami 365 kishi, jumladan infeksiyadan himoyalanish to‘g‘risidagi qonunni buzgan ko‘pchilik qo‘lga olingan", deyilgan xabarda.

Politsiya ikki kishini so‘roq qilmoqchiligi aytilgan. Shuningdek, namoyishlarda o‘n nafar politsiya xodimi jabrlangan.

Ta’kidlanishicha, 18 noyabr kuni Germaniya bundestagi infeksion kasalliklardan himoyalanish to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritgan. Bu esa Berlin markazida norozilik aksiyalari uyushtirilishiga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini 413 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 235 nafari qarshi chiqqan, yana 8 nafari betaraf bo‘lgan.

"Infeksiyalardan himoya to‘g‘risida"gi qonun Germaniya Hukumatiga ijtimoiy aloqalarni cheklash va niqob taqish qoidalarini kiritish, do‘konlarni yopish va sport tadbirlarini taqiqlash huquqini berishi, shuningdek, maktab va bog‘chalarni yopish va ta’lim muassasalari uchun boshqa cheklovlarni kiritish tartibini belgilashi taxmin qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Berlin markazidagi namoyishlarda bir necha o‘n ming kishi qatnashgan. Yangi qonunga qarshi norozilik bildirish uchun namoyishchilar oshxona anjomlarini taqillatishgan, hushtaklar chalishgan.

Politsiya namoyishchilarni tarqalishga chaqirgan, ular parlament binosiga tobora yaqinlashib kelavergandan so‘ng tarqatilgan. Politsiya namoyishchilarni quvish maqsadida suv zambaraklaridan ham foydalangan.

Germaniyada 2 noyabrdan yangi karantin choralari kuchga kirgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq 800 mingdan ortiq holat qayd etilgan. 13 mingdan ko‘p bemor koronavirusdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing