Berdimuhamedov O‘zbekistonda daraxt ekdi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

“Ushbu ezgu an’ana yaqin yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni va strategik sheriklikni kengaytirish uchun poydevor bo‘ladigan oliy darajadagi muzokaralarning sermahsul natijalarini mustahkamlaydi”, deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabarida.

Turkmaniston rahbari tomonidan ekilgan daraxt xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari buzilmas ekanining ramzlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing