Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi:

  • maxsus avtotransportda tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etish.

2021 yil 1 noyabrgacha bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun joriy yilda Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha 80 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 

Vazirlikda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi. 

Shuningdek, 2021 yil 1 iyuldan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi unga Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. 

Palata, jumladan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi va ularga malaka toifalari beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing