“Benzinchilarning ketmoni uchyapti”. Yil boshidan beri benzin 3 600 so‘mga qimmatlashgan

Jamiyat

image

2021 yilning boshidan buyon AI-80 markali benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mgacha, ya’ni 63,2 foizga o‘sgan. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, birja savdolariga qo‘yilayotgan mazkur markali benzinning aksariyat qismi, ya’ni 84 foiz Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda mazkur markali benzinning boshlang‘ich bahosi o‘rtacha 70 foizga o‘sib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 005,0 ming so‘mni tashkil qildi.

O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijasida AI-80 markali benzinining boshlang‘ich va birja narxlari o‘rtasida tafovut o‘rtacha 1 foizdan oshmadi. Ya’ni benzin birja savdolari davomida o‘zining deyarli boshlang‘ich bahosida sotilgan.

Shu bilan birga, narxlarning ko‘tarilishi jahon birjalarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Brent markali neftning jahon bozorlardagi narxi joriy yilning boshiga nisbatan o‘rtacha 60-70 foizga o‘sgan.

“O‘z navbatida, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi savdo tashkilotchisi (operatori) sifatida benzin bozorida shakllanayotgan holatni muntazam ravishda o‘rganib bormoqda. Birja tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasi va benzin bozorida narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilmoqda”, deyiladi RTXB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing