Benzema dunyoning eng kuchli hujumchisi – Ilkay Gyundogan

Sport

image

“Real Madrid”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemada “Oltin to‘p”ni yutish uchun barcha faziatlar mavjud. Bu haqda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “Sport1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Endi Benzema Levandovski bilan birga dunyoning eng yaxshi hujumchilari hisoblanadi. Benzema ikkala oyoq va bosh bilan yaxshi o‘ynaydi. O‘ylaymanki, Karim ilgari past baholangan. Benzema tanqidchilarga ularning gaplari noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Karim uzoq vaqt davomida Krishtianu Ronalduning soyasida bo‘lgan bo‘lsa, endi unga munosib e’tibor qaratilmoqda. Uning erishgan yutuqlari Benzemani dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida atashga imkon beradi. Karimda “Oltin to‘p”ni olish uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mavjud”, degan Gyundogan.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvi “Manchester Siti” – “Real” 26 aprel kuni Manchester shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 4 may kuni Madridda (Ispaniya) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing