Belarus va Toshkent shahri o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86,5 mln AQSH dollariga yetdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahri ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid kelishuv imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent va Minsk munosabatlari haqida so‘z yuritganda, o‘tgan yili Belarus respublikasi va poytaxtimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86,5 mln AQSH dollarini tashkil etganligini qayd etish joiz. Toshkentda Belarus kapitali asosidagi 32 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zaro aloqalarni rivojlantirishning imkoniyatlari keng bo‘lib, tomonlar hamkorlikda yangi korxonalarni tashkil etish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va sport yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini muhokama etishmoqda.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Belorus

Baholaganlar

4

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar