Belgiyada yog‘ochdan 25 qavatli bino quriladi

Bu qiziq

image

Belgiyada ko‘p qavatli yog‘och bilan qoplanadigan “Ban” binosi loyihalashtirildi. Loyiha yaponiyalik me’mor Cigeru Ban tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda “Dezeen” sayti xabar berdi.

2025 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilayotgan “Ban” binosi 25 qavatdan iborat bo‘ladi. Bino jami 295 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Imoratning o‘ziga xos tomoni hali dunyo arxitekturasida kuzatilmagan yangicha yondashuv bino to‘liq yog‘och bilan qoplanadi. Bu esa odamlarning tabiatga yaqinlashishi hamda atrof-muhitda toza havoni saqlab qolishga yordam beradi.

Loyihaga ko‘ra bino yong‘in xavfidan ancha yiroq bo‘ladi, chunki yog‘ochlar yonuvchanlikka qarshi bo‘yoqlar bilan qoplanadi. Bino qurish jarayonida faqat uchta qurilish ashyosi yog‘och, beton va po‘latdan foydalaniladi. Shuningdek, bino atrofida yapon bog‘i andozasi kabi tosh, qum, suv va o‘simlikdan tashkil topgan minimalistik ruhdagi dam olish maydoni ham loyihalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Yaponiyalik me’mor Cigeru Ban 2014 yilda “Pritzker” arxitektura mukofotini qo‘lga kiritgan. U loyihalagan binolarning aksariyatida yog‘ochli dizaynni ko‘rish mumkin.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing