Belarusdagi namoyishlar ortidan 500 dan ko‘p kishi hibsga olindi
Olam
−
15 noyabr 2020
4755Bugun, 15 noyabr kuni Belarusda o‘tkazilgan mitinglar davomida 500 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda "Vesna" inson huquqlarini himoya qilish markaziga asoslanib xabar berilgan.
Bundan tashqari, Belarus Jurnalistlar Assotsiatsiyasi respublikadagi bugungi noroziliklarni yoritish paytida 16 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari hibsga olinganligi haqida xabar bergan.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda namoyishlar Prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qilgan 9 avgust kunidan beri davom etmoqda.
Saylovdan bir necha kun o‘tib Litvaga ketgan muholifat rahbari Svetlana Tixanovskaya namoyishlarni qo‘llab quvvatlamoqda. Xususan, 13 oktyabrda Lukashenkogo nisbatan "ultimatum" e’lon qilgan, endilikda mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko va uning tarafdorlari rejimini jazolash uchun xalq tribunali tuzilganini va 20 dekabr kuni xalq ayblovi bilan eng katta yurish o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
Farruxjon Murodqulov
LiveBarchasi