Belarusda askar harbiy xizmatni tashlab, sevgilisining oldiga qochib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarusda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askar harbiy yuk avtomobilini olib, poligondan qochib ketdi. Bu haqda “Tut.by” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, transport tezda topilgan, ammo harbiy xizmatchining esa hali ham daragi yo‘q.

Belarus Mudofaa vazirligiga ko‘ra, askar sevgilisi yashaydigan Polots rayoniga ketgan bo‘lishi mumkin.

“Avtomobilning harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha “Qo‘lga olish” rejasi zudlik bilan e’lon qilindi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda qidiruv tadbirlari olib borilmoqda”, deyiladi harbiy departament bayonotida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, harbiy xizmatchining ustidan shu paytgacha shikoyat bo‘lmagan. Uning ko‘rsatkichlari ijobiy xarakterga ega. Huquqbuzarlikka tergov ishlari doirasida tegishli baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing