Belarus Tashqi ishlar vaziri to‘satdan vafot etdi
Olam
−
27 noyabr 2022
13335Kecha, 26 noyabr kuni Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey to‘satdan vafot etdi. Bu haqda BelTa vazirlik matbuot kotibi Anatoliy Glazga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha 2012 yildan beri Belarus Tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan Vladimir Makey vafot etgan.
Uning vafotiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Vladimir Vladimirovich Makey 1958 yilda Belarusning Grodno viloyatida tug‘ilgan. 1980 yilda Minsk davlat chet tillar pedagogika institutini, 1993 yilda Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan.
U 1999-2000 yillarda Belarus Tashqi ishlar vazirligining umumevropa hamkorligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2000-2008 yillarda – Belarus Prezidentining yordamchisi, 2008-2012 yillarda – Prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan.
2012 yil 22 avgustdan beri Vladimir Makey Belarus Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Vladimir Makey SHHT sammiti vaqtida O‘zbekistonga kelgan. 14 sentyabr kuni respublika Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi