Belarus olimlari innovatsion mahsulot yaratdi
Olam
−
07 iyun 2019
3656Olimlar homilador ayollar va bolalar uchun foydali yangi choy navini ishlab chiqdi.
Minsk sabzavot zavodida etishtirilayotgan 17 xil xushbo‘y o‘simliklar asosida 6 turdagi yangi choy ichimligi retsepti ishlab chiqildi. Tabiiy xom ashyo tarkibida C, B1, B2, B6, B9, kalsiy, magniy, temir, kaliy, efir moylari mavjud.
Ushbu choy metabolik jarayonlarni normallashtirishga, gemoglobin darajasini oshirishga, jismoniy ishlashga, immun tizimini mustahkamlashga, yuqori antioksidant faollikka ega bo‘lishga, xotirani yaxshilashga yordam beradi.
Olimlar yangi choyni klinikada sinovdan o‘tkazdi va Belarussning Sog‘liqni saqlash va ta’lim vazirligi tomonidan iste’molga yaroqli ekanligi tasdiqlandi.
Ushbu choyni jamoatchilikka tanishtirish maqsadida, turli idoralar vakillari, metropoliten maktablarining ota-ona qo‘mitalari va talabalari ishtirokida seminar-tadbiri o‘tkazildi. Yaqin kunlarda ushbu choy do‘kon rastalaridan o‘z o‘rnini egallaydi.
Zarnigor Abdumalikova
LiveBarchasi