Belarus iqtisodiyotidagi eng katta muammo ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 mart 2021
4291Belarusdagi norozilik harakatlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yo‘lidagi muammoga aylandi. Belarus Prezidentining moliyaviy va kredit masalalari bo‘yicha yordamchisi Valeriy Belskiy shunday bayonot bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, mamlakat aholisining norozilik harakati iqtisodiy rivojlanish uchun xavf tug‘diradi.
"Ba’zi fuqarolarimiz o‘zlarini davlatga qarshi qo‘yganida ish tashlashga, soliq to‘lamaslikka, depozitlardan mablag‘ olishga chaqirgan", degan Belskiy.
Uning ta’kidlashicha, Respublika duch kelgan noroziliklar uning iqtisodiyoti uchun "eng qiyin" muammoga aylangan.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda Respublika Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni 2020 yil 9 avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb e’lon qilganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi.
Muxolifat nomzodlarining barcha shtab-kvartiralari ularning rasmiy natijalarini tan olmasliklarini e’lon qildi.
Keyinchalik prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakatda hokimiyatning o‘tishini osonlashtirishi kerak bo‘lgan Muxolifat Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tuzilganini e’lon qildi. Lukashenko esa G‘arb davlatlarini namoyishlarda ayblab, kengash a’zolariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qildi.
LiveBarchasi