Belarus Hukumati iste’foga chiqdi
Olam
−
17 avgust 2020
19663Bugun, 17 avgust kuni Belarus Respublikasi Hukumati iste’foga chiqdi. Bosh vazir Roman Golovchenko vakolatlarni topshirish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Bir vaqtning o‘zida Prezident Aleksandr Lukashenko hukumat tasdiqlanguncha amaldagi hukumat faoliyatini davom ettirishi to‘g‘risida farmonni qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 26 yildan beri iqtidorda qolayotgan Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 10,12 foiz ovoz to‘pladi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmadi.
LiveBarchasi