Belgiya sobiq qirolining nikohsiz qizi DNK testi orqali malika maqomini oldi

Olam

image

Belgiya sobiq qiroli Albert II ning nikohsiz qizi, rassom Delfin Boel malika unvoniga ega bo‘lish huquqiga erishdi. Qaror Bryussel Apellyatsiya sudi tomonidan qabul qilingan.

Shuningdek, Boelning o‘g‘li va qizi, ya’ni sobiq qirolning nabiralari ham shahzoda va malika maqomiga ega bo‘lishlari mumkin.

Boel otasi Albertning Saksen-Koburg-Gotsk familiyasi va uning ismiga “Hazrati oliyalari” faxriy unvoni qo‘shib aytilish huquqini ham olgan. Bundan tashqari, Delfin sobiq monarx merosining sakkizdan bir qismini talab qilish huquqiga ega.

"Sudda g‘alaba qozongan bilan otaning mehri o‘rni bosilmaydi. Lekin bu kishiga adolat tuyg‘usini beradi", degan Boelning advokati Mark Uyttendal.

Ma’lumot uchun, Delfin Boel 1968 yilda Albert II va baronessa Sibilla de Selis Lonshanning ishqiy munosabatlari natijasida tug‘ilgan. O‘sha paytda ikkisining ham alohida turmushi bo‘lgan. Jamoatchilikka ularning muhabbat tarixi 1999 yilda ma’lum bo‘lgan.

2013 yilda Albert II taxtdan voz kechgan va qonuniy daxlsizligini yo‘qotgan. O‘shanda Boel unga qarshi otalikni tan olishini so‘rab sudga murojaat qilgan.

2019 yilda sud sobiq qirolga DNK testi topshirishni buyurgan. Natijada Boel uning qizi ekanligi isbotlangan. Joriy yil boshida Albert II nikohsiz tug‘ilgan qizini rasman tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing