Bektemirdagi mahallada drift uchun trassa quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahring Bektemir tumanida yoshlarga drift uyushtirish uchun trassa quriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, yoshlarga “drift” va “drag-reysing”(burilish texnikasi va avtosport turi, yo‘lda tezlik va burchakni maksimal darajada ushlab turish uchun boshqariladigan usullardan foydalanish bilan bog‘liq harakatlar) uyushtirish uchun Bektemir tumani “Shonazar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan yer uchastkasi ajratiladi.

Belgilanishicha, ajratiladigan yer uchastkasi:

•    aholi yashash joyidan tashqarida joylashganligiga;

•    “drift” va “drag-reysing” ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga, ularning drift uyushtirish uchun o‘zlari bilan olib kelgan avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishlari uchun sharoit yaratilishiga;

•    tomoshabin sifatida kelgan shaxslarga qulay shart-sharoit yaratilishi, xavfsizlik choralari ko‘rilishiga;

•    hududga tashrif buyuruvchilarning (xizmat ko‘rsatuvchi, ishtirokchi, tomoshabin va h.k.) shaxsiy avtotransport vositalari uchun avtoturargoh, servis va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari hamda jihozlangan tibbiy yordam ko‘rsatish stansiyasi uchun mavjud shart-sharoitlar yaratilishiga;

•    yoshlarga “drift” va “drag-reysing” uchun ajratiladigan yer uchastkasi davlat va xususiy sherikchilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida berish va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing