Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini mag‘lubiyatga uchratdi

Sport 1994
image

Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Prof boksda o‘zining 9-jangini o‘tkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Sergey Yekimovga qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Meliqo‘ziyev so‘nggi bor amerikalik Gabriel Rosadoga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0) ringga ko‘tariladi.

Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)
Shahram G‘iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)
Hasanboy Do‘smatov – Hose Rivas (18-12-4, 10 KO)

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 32
Reyting: 2.8
t
×