Begunoh odamlar ahmoqona sabab bilan o‘lmoqda – Sebastyan Fettel
Sport
−
25 fevral 2022 5669 1 daqiqa
“Formula-1” bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel kecha, 24 fevral kuni Ukrainada yuz bergan voqealar fonida 2022 yili Rossiyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Formula-1” Gran-prisini bekor qilishga chaqirdi. Fettelga ko‘ra, odamlar ahmoqona sabablar uchun o‘lib ketmoqda.
“Kecha ertalab (urush) xabarni o‘qib, hayratda qoldim. Menimcha, biz Rossiyada poyga o‘tkazmasligimiz kerak. Shaxsan men Rossiyaga bormayman. Bu mamlakatda Gran-pri o‘tkazish noto‘g‘ri. Men begunoh odamlar o‘layotganidan afsusdaman, ular ahmoqona sabab bilan o‘lmoqda”, degan Sebastyan Fettel Barselonadagi matbuot anjumanida.
Avvalroq, “Formula-1” rahbariyati bayonot e’lon qilib, unda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgani va Sochida poyga o‘tkazish masalasiga hozircha izoh bera olmasligini bildirgan edi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi