Beeline Uzbekistan’ga yangi bosh direktor tayinlandi

Jamiyat

image

Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan’ yangi bosh direktori etib tayinlandi. U joriy yilning 15 martidan ushbu vazifaga kirishadi. Bu haqda VEON kompaniyalar guruhi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan boshqaruviga kelgan oxirgi 3 yildagi uchinchi bosh direktor hisoblanadi. 2015 yilning sentyabridan kompaniyaga rahbarlik qilgan Dmitriy Shukov o‘tgan yili lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga kelgan Sergey Afonin keyingi ish faoliyati VEON kompaniyalari guruhida davom etmasligini ma’lum qildi.

Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan bosh direktorligiga tayinlanishdan oldin Gillette, PepsiCo, Mars va Yandex.Lavka kabi xalqaro kompaniyalarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing