Behzod Musayev SSV rahbarligidan ketdi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligini vaqtinchalik boshqarib turgan Bosh vazir o‘rinbosari Bexzod Musayev mazkur lavozimdan ozod etildi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayevga Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklanganligi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rejali davolanish uchun shifoxonaga yotqizilganidan keyin, 30 iyul kuni uning vazifalarini bajarish vaqtincha Behzod Musayevga yuklangandi.

Ma’lumot o‘rnida, Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolash muolajalarini tugatib, salomatligi tiklangan holda o‘z ish faoliyatini davom ettirishni boshlagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing