Behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 31 yoshli ayoldan 63 mln so‘m undirgan erkak ushlandi
Jamiyat
−
24 may 2021
11825Toshkent shahrida 31 yoshli ayolning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun undan jami 63 million so‘m atrofida pul undirgan 25 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 may kuni soat 19:00 larda 25 yoshli A.A. 31 yoshli X.G.ning turli xildagi behayo suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yib, obro‘sizlantirib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida joylashgan avtoturargohda 1 mln so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 2020 yilning aprel oyidan 2021 yilning may oyiga qadar A.A. X.G.ning suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yish bilan qo‘rqitib tovlamachilik yo‘li bilan narxi 80 mln so‘mlik Lacetti rusumli avtulovini ishonchnoma asosida olgani, bundan tashqari jami 14 mln so‘mlik 40 grammli tilla taqinchoqlari, 42 mln so‘m va 600 AQSH dollar pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi