BBC: Suriyada o‘rmonlarni qasddan yoqqan 24 kishi qatl qilindi

Olam

image

Suriyada 2020 yilda qasddan o‘rmon yong‘inlarini yuzaga keltirish aybi bilan sudlangan 24 kishi qatl qilingan. Yana 11 kishi umrbod ozodlikdan mahrum qilingan. 5 nafar voyaga yetmagan shaxslar esa 10 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular 2020 yilning sentyabr va oktyabr oylarida mamlakatdagi urush orqali bosib olingan tog‘li hududlarda yong‘in chiqarganini tan olgan. Mazkur yong‘inlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. O‘rmonga o‘t qo‘yish “terrorchilik harakati” deb baholangan.

Mahalliy hukumat Lataqiya, Tartus, Xoms va Xama provinsiyalarini qamrab olgan jami 187 ta o‘rmon yong‘inlarini qayd etgan bo‘lib, u 280 ta shahar va qishloqlarga shikast yetkazgan. Yong‘inlar qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli 13 ming gektar yer va 11 ming gektar o‘rmonni kulga aylantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing