Bayramoldi bir guruh fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat xodimlari unvonlar bilan siylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

 «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

1. Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Samarqand davlat universiteti rektori

2. Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Anvarov Ismoil Boyqulovich - Bandixon tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

1. Axmadaliyev Fayzullaxan - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassom

2. Ismailov Bobir Abduraximovich - Toshkent shahridagi «Caravan Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rassomi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

1. Inoyatov Djurakul Baxritdinovich - Samarqand shahridagi «Usto» sho‘’ba korxonasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati

2. Kamalov Shokir Sharifovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, temirchi usta, Buxoro viloyati

3. Raximov Toxir Axmedovich - «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo‘limi a’zosi, toshtarosh-usta, Navoiy viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

1. Akbarov Xamidulla Ilyasovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoshunos

2. Dadabayev Xamidulla Aripovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti til nazariyasi kafedrasi professori

3. Isomov Boxodirjon Sirojiddinovich - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

4. Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri

5. Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori

6. Xudayberganov Kamiljon - «Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi, Xorazm viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

1. Mamajonov Tursunali - Farg‘ona tumanidagi «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, Farg‘ona viloyati

2. Filanovich Margarita Ivanovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi yetakchi ilmiy xodimi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

1. Aripova Tamaraxon O‘ktamovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

2. Zufarov Mirjamol Mirumarovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

1. Kapadze Timur Taxirovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va «Olimpik» futbol klubi bosh murabbiysi

2. Muminov Vladimir Murzanovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo‘limi murabbiysi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Zabelinskaya Olga Sergeyevna - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining velosport bo‘limi sportchisi

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, adabiyot, san’at, jismoniy tarbiya va sport sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni yuksak g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi hamda jamoat ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

1. Radjabov Xasan Yunusovich - Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori

2. Utaganov Yulbars Xajimatovich - Izboskan tumanidagi «Utaganov Yulbars» oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

3. Yusupov Sharofidin Isomidinovich - «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani bo‘limi a’zosi, kulol, Farg‘ona viloyati

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Matyakubov Ataxan - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi dotsenti

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

1. Abdullayev Ramazon Bobomurodovich - Boysun tumanidagi 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

2. Abdullayev Rustam - O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

3. Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

4. Babayeva Kubara - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati

5. Iskandarov Bo‘ri - Kasbi tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

6. Isroilov Barot - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Toshkent viloyati

7. Niyozov Soyibjon Navruzovich - Toshkent viloyati namunali «Maqom» ansambli xonandasi

8. Turayev Isok Latipovich - Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i

9. Umarova Dilorom Kuchkarovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

10. Usmanov Aziz Magdaliyevich - «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi professori

11. Fayzulayev Saidbaxram - G‘allaorol tumani madaniyat bo‘limiga qarashli «Marjon» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

12. Xatamova Yorkinoy G‘aniyevna - Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri aktyori

13. Xasanov Baxtiyor Vaxapovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori

«Do‘stlik» ordeni bilan

1. Abdukunduzova Valentina Nikolayevna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri grim ustaxonasi mudiri

2. Abdullayeva Mexrijon Kabirovna - Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori

3. Abduraxmanov Sayib - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali metallurgiya kafedrasi professori

4. Azamatova Karima Nabiyevna - Guliston shahar ko‘zi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi bo‘yicha to‘garak rahbari, Sirdaryo viloyati

5. Ansatbayev Najimatdin - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori

6. Astafurova Natalya Konstantinovna - Yangiyer shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

7. Beknazarov Turgun Saidovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali  teatri solist-vokalisti

8. Berdimuratova Alima Karlibayevna - Qoraqalpoq davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

9. Buxaidze Igor Shalvovich - O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aktyori

10. Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiysi

11. Kazakov Viktor Timofeyevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘qituvchisi

12. Katayeva Vera Sergeyevna - Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi, Qashqadaryo viloyati

13. Kattayev Komilxon Salohiddinovich - Maxdumi A’zam ilmiy-tadqiqot fondi rahbari, Samarqand viloyati

14. Kudbiyev Davlatbay - Farg‘ona politexnika institutining buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

15. Litvinenko Irina Anatolevna - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar bo‘yicha postanovkachi rassomi

16. Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna - Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli badiiy rahbari

17. Malikov Rashid Karimovich - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi rejissyori

18. Mullaxanov Azim Azizovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

19. Musabayev Xusan Kasimovich - «Mahalla» teleradiokanalining «Televizion miniatyuralar teatri» aktyori

20. Nuratdinova Zamira Kalbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi leprozoriysi bosh shifokori

21. Pirmatov Serik - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining amaliy grafika kafedrasi dotsenti

22. Prekeshova Anargul Usenovna - Mo‘ynoq tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

23. Prjanov Tursunbay Maribjanovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

24. Samadov Raxmatulla Sunatullayevich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti

25. Sotnikova Tatyana Nikolayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi

26. Tashkenbayeva Nelya Valiaxmedovna - teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi

27. Temirov Amirjon Boboavezovich - So‘x tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Farg‘ona viloyati

28. Toshev Davron Bo‘ronovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom, Buxoro viloyati

29. Tuychiyeva Sayyora Suyarqulovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

30. Turayev Yunus Sharipovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining estrada xonandaligi kafedrasi professori

31. Ubaydullayev Raxim Kutfidinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, pichoqchi usta, Namangan viloyati

32. O‘narov Sobir Hamzayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

33. Usmanov Yuldash - «Bulbuliguyo» folklor-etnografik xalq ansambli a’zosi, Surxondaryo viloyati

34. Fayzullayeva Elmira Tulkunovna - Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish bo‘limi murabbiysi

35. Xayretdinova Farida Faritovna - Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining voleybol bo‘yicha murabbiysi, Andijon viloyati

36. Xakimdjonov Xatam Xalilovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati

37. Xamzayev Faxritdin Kutfutdinovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganch o‘ymakorligi ustasi, Toshkent shahri

38. Shukurov Eshqabil Jurayevich - «Ma’naviy hayot» jurnali bosh muharriri

39. Ergashov Jalil Umarovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi,  xattot, Samarqand viloyati

40. Yuldashova Nozik Abdusalomovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kashtado‘z, Samarqand viloyati

41. Yusupova Venera Ismetovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi dotsenti

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

1. Axmedova Mamagul Fayziyevna - Qarshi tumanidagi «Momogul» folklor-etnografik xalq ansambli a’zosi, Qashqadaryo viloyati

2. Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining  xoreografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

3. Kamalov Jamaliddin Sayfitdinovich - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Toshkent shahri

4. Mamatkulov Abdulxamid - Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabining xalq cholg‘ulari kafedrasi oliy toifali o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

5. Salimova Nigora Abdulkarimovna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

6. Solomonova Svetlana Andreyevna - Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

7. Soxibova Maxsuda Mamadiyorovna - Samarqand viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

8. Tog‘ayeva Adolat - Nurobod tumanidagi «Tegirmonboshi» mahalla fuqarolar yig‘ini kutubxonasi mudiri, Samarqand viloyati

9. Umbarov Salim Shukurovich - Farg‘ona viloyati sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining kamondan o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

10. Xolmatova Mavludaxon Tursunovna - Andijon tumanidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi, Andijon viloyati

11. Xolmuratova Odinaxon Mamitovna - Jalaquduq tumanidagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, Andijon viloyati

12. Cheprunova Lyubov Nikolayevna - Respublika oliy o‘smirlar sport mahorati maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

13. Shakirov Roman Ildarovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sambo bo‘limi katta murabbiysi

14. Yusupov Norkuli Tursunovich - O‘zbekiston bel olish va uchkurash assotsiatsiyasi raisi

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

1. Nariyev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori

2. Nurova Zoya Ramazanovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri

3. Strigina Zarema Subbiyevna - Toshkent viloyatidagi «Metallurg» shifoxonasi bosh shifokori

4. Suyarova Nuriya Egamberdiyevna - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

5. Yusupaliyev Baxodir Kaxramanovich - O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i

«Sog‘lom turmush» medali bilan

1. Artukbayeva Nigora Narko‘ziyevna - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining 3-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati

2. Baratova Shahzoda Abdullajonovna - Kosonsoy tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

3. Raxmonova Gavxar Abdulazizovna - Namangan tumani tibbiyot birlashmasining 12-oilaviy poliklinikasi tibbiy brigada hamshirasi, Namangan viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

1. Bazarov Oybek Sunnatovich - Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi uslubchisi

2. Gizatullina Alina Albertovna - «Ommaviy xalq bayramlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi «Yoshlar baleti» guruhi artisti

3. Xamdamova Sabina Utkurovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi artisti

4. Xoshimov Davron  Islom o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi «O‘zbekiston davlat simfonik orkestri»  davlat muassasasi artisti

5. Shermetova Saboxat Bardiboy qizi - Xiva shahar madaniyat bo‘limiga qarashli «Sayqal» folklor-etnografik xalq ansambli to‘garak rahbari, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

1. Abduraxmonova Mexri Qudratovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati bo‘limi rahbari, shoir

2. Agajanova Nazira Nabiyevna - Farg‘ona viloyati «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat-uyi sanitar-enagasi

3. Azimov Ma’ruf Maxmudovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro‘z» ashula va raqs ansambli sozandasi

4. Alimardanov Rustam G‘ayratovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

5. Alimova Nigora Israilovna - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Mehrli maktab» davlat ta’lim muassasasi direktori

6. Asadov Mansur Mirdjamolovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

7. Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshlig‘i

8. Izamov Djamshid Anvarovich - «Hujjatli va xronikal  filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi ovoz rejissyori

9. Islamov Narimon Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazining 2-kardioxirurgiya bo‘linmasi mudiri

10. Qurbonov Qo‘chqor - Chiroqchi tumanidagi «Chiroqchi chiroqlari» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

11. Mamadaliyeva Saida Farmanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

12. Mansurov Furkat Xusnutdinovich - Respublika «Usto» uyushmasi tarkibidagi «Toshkent badiiy keramika tajriba kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

13. Mirzaaxmedov Rasuljon Turgunbayevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i, mato to‘quvchi usta

14. Mirmaxmudova Kamola Mirnigmatovna - Olmazor tumanidagi 522-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi logopedi, Toshkent shahri

15. Nazarov Baxromjon Baxtiyorovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

16. Raimova Feruza Baxodirjonovna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-internat-uyi tarbiyachisi

17. Ruzmetov Alisher Ganiyevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «O‘zbekiston» ashula va raqs ansambli xonandasi

18.Samandarova Sayyora Erkinovna - Urganch shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi,
Xorazm viloyati

19. Tog‘oyev Maxmud Abdulloyevich - Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi

20. Tohirov Hamza Bobojonovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Buxoro viloyati

21. Umarov Anvarjon Abdurasulovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, beshikchi usta, Andijon viloyati

22. O‘rinova Maxfuza Maxammatsalimovna - Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

23. Xaydarov Ruslan Rajabovich - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasi sahnalashtiruvchi rejissyori, Toshkent shahri

24. Xidirova Bahor Hazratqulovna - «Yangi O‘zbekiston» gazetasi muxbiri

25. Xolmuminov Asqar Sayfullayevich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori

26. Eshonova Salimaxon Nishonbek qizi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

27. Yuvakayeva Inessa Maratovna - «Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

28. Yunusov Akramxon Xakimjonovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kandakor, Farg‘ona viloyati

29. Yaqubov Ikrambay O‘rinovich - Xonqa tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing