Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Bayram Perdebayevich Otemuratov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, bugun, 16 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida cho‘llarni obodonlashtirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Majlisga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi raisi Amanbay O‘rinboyev boshchilik qilgan.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bunga qadar Bayram Otemuratov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Bayram Otemuratov 1977 yilda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining avvalgi o‘rinbosari Abatbay Daniyarov Nukus shahrining yangi hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi Bayram Otemuratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing