Bayram kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Olam
−
19 mart 2505 1 daqiqa
O‘zgidromet dam olish kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 19-20 mart kunlari respublika hududi o‘rtacha iliq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy huudlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati bugun kunduzi 13-16 daraja iliq, ertaga 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
21 martda hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
23-24 mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentda 19 martda kunduzi, 20 martda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 19 martda 14-16 daraja iliq, 20 martda 17-19 daraja iliq bo‘ladi. 23-24 mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
Live
Barchasi