“Bayraktar” endi Ozarbayjonda ham ishlab chiqariladi

Olam

image

Turkiyaning “Bayraktar” dronlari ishlab chiqaruvchisi “Baykar Makina” Ozarbayjonda ham o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Report” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati tomonidan “Bayraktar Technology Azerbaijan” MCHJ davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

Nashr yangi kompaniyaning ustav kapitali 1,7 million manatni tashkil etgani, qonuniy vakili Turkiyaning “Baykar Makina” kompaniyasi koordinatori Husayn Topuz bo‘lgani haqida xabar bermoqda. 

Kompaniya Baku shahri, Narimanov tumani, Ahmad Rajabli ko‘chasida joylashgan. 

“Baykar Makina” "Bayraktar" uchuvchisiz uchish vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ozarbayjon armiyasi tomonidan 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etgan ikkinchi Qorabog‘ urushida keng qo‘llanilgan ushbu dronlarning muallifi turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor.

2000 yildan beri “Baykar Makina” samolyotsozlik sohasida, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya 2007 yilda Turkiyaning birinchi uchuvchisiz razvedkachi “Kale-Baykar Mini”dronini ishlab chiqdi. Turkiya quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonligi kompaniya bilan 19 ta dron tizimlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. 

“Baykar Makina” o‘zining dronlarini xorijlik mijozlarga eksport qilishni boshlagan birinchi turk kompaniyasi bo‘ldi. “Bayraktar Mini”ning birinchi xaridori Qatar edi. Shundan so‘ng, kompaniya 2014 yilda “Bayraktar TB2”, 2019 yilda “Bayraktar Akıncı” havo vositalarini taqdim etdi. Joriy yilning dekabr oyi o‘rtalarida kompaniya uchuvchisiz qiruvchi samolyoti “Bayraktar Kızılelma” ilk parvozini muvaffaqiyatli tugatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing