Baydenning so‘zlari AQSH elchisiga “bosh og‘riq” bo‘ldi
Olam
−
16 Oktabr 2022 21318 1 daqiqa
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi kecha, 15 oktyabr kuni AQSHning mamlakatdagi elchisini norozilik bildirish uchun idoraga chaqirtirdi. Bunga Prezident Jo Baydenning Pokistonni xavfli davlat, deb atab, uning yadroviy arsenali xavfsizligiga shubha bildirgani sabab bo‘ldi. Bu haqda CNN yozmoqda.
Los-Anjelesda joriy yilning 13 oktyabr kuni Demokratik partiyaning mablag‘ yig‘ish marosimida nutq so‘zlagan Bayden, Pokiston "dunyodagi eng xavfli davlatlardan biri", chunki u "hech qanday birdamliksiz yadroviy qurolga ega" ekanligini aytgan edi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Baydenning fikrlariga shunday javob qaytardi:
“Pokiston mas’uliyatli yadroviy davlatdir va biz yadroviy aktivlarimiz Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik talablariga muvofiq eng yaxshi kafolatlarga ega ekanligidan faxrlanamiz. Biz ushbu xavfsizlik choralarini juda jiddiy qabul qilamiz. Hech kimda shubha bo‘lmasin”.
Pokiston Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto-Zardari Baydenning so‘zlaridan hayratda qolganini va Sharif bilan suhbatdan so‘ng, elchi Donald Blomni Pokiston TIVga chaqirganini aytdi.
AQSH rasmiysi Blom SNN’ga Baydenning so‘zlaridan keyin Pokiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganini tasdiqladi. Bu holat mintaqadagi amerikalik diplomatlarni xafa qildi, deydi Qo‘shma Shtatlar vakili.
Musulmon Ziyo
Live
Barchasi