Baydenning reytingi eng past darajaga tushib ketdi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH rahbari Jo Bayden prezidentligining dastlabki 100 kunidagi faoliyatini amerikaliklarning atigi 52 foizi aniq yoki ma’lum darajada ma’qullamoqda.

"The Washington Post" va "ABC News" tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma so‘rov natijalariga ko‘ra, Baydenning reytingi tarixdagi eng past darajasiga tushib ketdi.

1945 yildan beri faqatgina ikki prezident — Jerald Ford (48 foiz) va Donald Tramp (42 foiz) reytinglari bundan pastroq bo‘lgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 42 foizi Baydenning AQSH Prezidenti sifatidagi faoliyati to‘g‘risida salbiy fikr bildirgan.

Shu bilan birga, Oq uyning amaldagi rahbarini qo‘llab-quvvatlaganlarning 90 foizi demokratlar bo‘lib chiqqan.

So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi (64 foiz) Baydenning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish siyosatini ma’qullashini bildirgan.

Uning iqtisodiy siyosati respondentlarning 52 foizi tomonidan ma’qullangan.

Respondentlarning atigi 37 foizi Baydenning Meksika chegarasidagi migratsiya inqirozi bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

60 foiz respondent demokrat Bayden Kongressda respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lishi kerakligini, atigi 30 foizi esa amaldagi davlat rahbari busiz ham mustaqil harakat qila olishi mumkinligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, so‘rovnoma 18-21 aprel kunlari ingliz va ispan tillarida o‘tkazilgan. Unda balog‘at yoshiga yetgan mingdan ortiq respondentlar ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing