Baydenning partiyadoshlari uni Rossiya bilan murosa qilishga chaqirdi

Olam

image

AQSH Kongressining Demokratlar partiyasidan bo‘lgan bir guruh Prezident Jo Baydenga maktub yo‘llab, Rossiya bilan Ukrainadagi urushni to‘xtatishga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda “The Washington Post” nashri maktub nusxasiga tayanib, xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu murojaat Pramila Jayapala boshchiligidagi 30 nafar liberal-demokrat kongressmen tomonidan tayyorlangan.

Xabar mualliflarining fikricha, Bayden Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordamni davom ettirish bilan bir qatorda urushni to‘xtatish uchun real asos shartlari bo‘lgan sulh keltirib, Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashi kerak. Chunki diplomatik yechimning muqobili halokatli va hisob-kitobsiz xavflar bilan uzoq davom etadigan urush bo‘ladi.

Ularga ko‘ra, sulh shartlari urushni tugatish uchun bir qator rag‘batlarni o‘z ichiga olishi kerak, jumladan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish va jahon hamjamiyati bilan birgalikda, birinchi navbatda maqbul bo‘lgan erkin va mustaqil Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuv bo‘lishi kerak.

Nashrning qayd etishicha, Baydenning bir guruh partiyadoshlari birinchi marta uni Ukrainadagi urush bo‘yicha kursni tubdan o‘zgartirishga chaqirmoqda.

Oq uy va AQSH Davlat departamenti demokrat kongressmenlarning maktubini sharhlar ekan, ular Jo Bayden hamon Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga qarshi ekanini ochiq aytgan.

Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, Ukraina ishtirokisiz Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish hali ham imkonsiz.

O‘z navbatida, Davlat departamenti Matbuot kotibi Ned Praysning aytishicha, AQSH Rossiyaning muloqot va diplomatik sa’y-harakatlarga tayyorligidan hech qanday alomat ko‘rmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing