Baydenning iCloud'i buzib kirildi. Unda “nomaqbul kontent” borligi aytilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenning  iCloud akkaunti hafta oxirida 4Chan onlayn forumi foydalanuvchilari tomonidan buzib kirilgani aytilmoqda.

Oq uy rahbarining o‘g‘liga tegishli ekani aytilayotgan akkauntda “nomaqbul kontent” borligi aniqlangan. Xususan, har xil mazmundagi matnlar, fotosuratlar va videolar, jumladan, giyohvand moddalarini iste’mol qilish va jinsiy faoliyatni aks ettiruvchi dalillar haqida gap ketmoqda. 

Shuningdek, Xanter Bayden otasining telefon raqamini “Pedo Piter” nomi bilan saqlab qo‘ygani aytilmoqda. 

Shundan so‘ng, AQSH Maxfiy xizmati rasmiylari Xanter Baydenning iCloud'ini buzib kirilganidan “xabardor ekanliklarini” ma’lum qilgan. 

“Ayni paytda biz  tergov harakatlari haqida ochiqchasiga izoh bera olmaymiz, ammo sizni ishontirib aytamanki, Maxfiy xizmat boshqa federal huquqni muhofaza qilish hamkorlari bilan janob Baydenga oid ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va ayblovlardan xabardor”, deydi AQSH razvedkasi vakili Entoni Gulelmi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

624

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing