Baydenga impichment e’lon qilinishi mumkin, agar...
Olam
−
17 iyul 2022
21366Agar AQSH Demokratik partiyasi 2022 yilgi oraliq saylovlarda Kongress ustidan nazoratni yo‘qotsa, Prezident Jo Baydenga impichment e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyida respublikachi senator Ted Kruz Baydenning impichmenti uchun "bir nechta asoslar" borligini, aprel oyida esa respublikachi vakil Ken Bak Vakillar palatasining sud qo‘mitasi "impichmentning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun tinglovlar o‘tkazishini" aytgandi.
"Biz impichment bo‘yicha ovoz beramiz", deydi Bak.
Impichment to‘g‘risidagi moddalar Vakillar palatasida oddiy tarzda ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin, biroq Prezident faqat Senatning uchdan ikki qismi ovoz bersagina lavozimidan chetlatiladi.
AQSHning 45-Prezidenti Donald Trampga ikki marta, 2020 va 2021 yillarda impichment e’lon qilingan va har ikki holatda ham davlat rahbari Senat tomonidan oqlangan.
Impichment – bu munitsipal yoki davlat ijro organlari xodimlarini, davlat rahbarigacha bo‘lgan mansabdor shaxslarni keyinchalik lavozimidan chetlatilishi mumkin bo‘lgan javobgarlikka tortish. Impichment jarayonida vakolatli shaxs mansab vakolatini suiiste’mol qilish, noqonuniy xatti-harakatlari, ya’ni qasddan sodir etgan jinoyati uchun ayblanadi.
LiveBarchasi