Bayden Zelenskiyni shikoyat qilavermaslikka chaqirdi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni Vashington yordami yetarli emasligidan shikoyat qilishni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda Oq uyning sobiq vakiliga tayanib, “Washington Post” nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Prezidenti va AQSH Kongressi tomonidan allaqachon Kiyevga misli ko‘rilmagan miqdorda yordam va zamonaviy qurollar yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, Rossiyaning Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiya"sining dastlabki bosqichida Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlarini qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishga hamda rasmiy Moskvaga qarshi qattiqroq sanksiyalar joriy etishga chaqirgan. 

Bunga javoban, Bayden agar Ukraina rahbari noshukurdek ko‘rinsa va yordam yetarli emasligini aytishda davom etsa, Kongressdan pul so‘rashda davom etishi qiyin bo‘lishini aytgan.

Oktyabr oyi boshida Bayden AQSH hukumatini 2022 yil 16 dekabrgacha moliyalashni davom ettirish, jumladan Ukrainaga 12,4 milliard dollar qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Ushbu mablag‘ning 4,5 milliard dollari Kiyevni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, davlat organlari faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

661

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing