Bayden Zelenskiy bilan gaplashib, uni umidvor qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 11 mart kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Ukrainaga yordamni kuchaytirish haqida gapirdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha Oq uy tomonidan berilgan yozma bayonotda aytiladi. 

“Prezident Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘z mamlakatini Rossiyaning asossiz va sababsiz hujumidan himoya qilishda davom etayotgan Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi”, deyiladi matnda.  

Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik, gumanitar va iqtisodiy yordamni qanday oshirishda davom etayotganiga e’tibor qaratgan. U, shuningdek,  Ukraina Prezidentiga AQSH G7 va YeI bilan kelishilgan holda Rossiya uchun xarajatlarni oshirishda davom etishi uchun bugun amalga oshiradigan harakatlari haqida ma’lumot bergan. 

Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy ham Twitter’dagi sahifasida Bayden bilan suhbati haqida xabar qoldirdi. 

“Biz Ukrainani mudofaa sohasida qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar haqida kelishib oldik”, deydi Ukraina Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

914

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing