Bayden va Si Szinpin kelasi hafta uchrashuv o‘tkazadi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “Bloomberg” va “Reuters” manbalariga tayanib, xabar berdi.

“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, sammit kelasi hafta o‘tkaziladi, aniq kun hamon belgilanmagan. “Reuters” esa kelasi haftani uchrashuv o‘tkazish uchun eng yaqin muddat sifatida ko‘rsatgan.

Sammit chog‘ida Chengdudagi AQSH va Xyustondagi XXR konsulliklarining faoliyatini qayta tiklash masalasi ko‘tarilmaydi. Qo‘shma Shtatlar XXRga qarshi intellektual mulkni o‘g‘irlash ayblovlari ortidan 2020 yil iyul oyida Xitoy konsulligini yopishni buyurgandi, shundan so‘ng Xitoy simmetrik choralar ko‘rgan.

Virtual sammit o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga oktyabr oyida AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan va XXR Markaziy tashqi ishlar komissiyasi direktori Yang Szechi o‘rtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan edi. Sentyabr oyida “Financial Times” manbalari Si Szinpin Jo Baydenning yuzma-yuz uchrashuv taklifini rad etgani haqida xabar tarqatgandi. Biroq Bayden bu iddaolarni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing