Bayden va Obama Trampga qarshi saylovoldi “jangga” kirishdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden, sobiq Prezident Donald Tramp, yana bir sobiq yetakchi Barak Obama va Respublikachilar partiyasidan Mexmet Oz joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan Oraliq saylovlardan oldin Pensilvaniyada saylovchilar bilan uchrashdi. Bayden saylovlarda Demokratlar yutqazadigan bo‘lsa, bu uzoq yillik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Tramp esa Respublikachilarning katta g‘alabasini bashorat qilgan. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Amaldagi Prezidentning ta’kidlashicha, saylovlar natijasi mamlakatni yillar davomida shakllantiradi. Natijani shakllantirish esa amerikaliklarning qo‘lida.

“Odamlar, hayotimizdagi eng muhim saylovlardan biriga uch kun qoldi. Natija mamlakatimizni o‘nlab yillar davomida shakllantiradi. Bu esa sizning qo‘lingizda. Bu tanlov Amerikaning ikki xil qarashlari orasidagi tanlov”, degan Bayden o‘z tarafdorlariga.

Donald Tramp ham Pitsburgdan janubi-sharqda joylashgan Latrob (Pensilvaniya) shahrida tarafdorlariga Demokratlarning infilatsiyaga qarshi kurashi va ta’lim dasturlarigacha bo‘lgan bir qator e’tirozlarini sanab o‘tgan. Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, odamlar Amerikani vayron bo‘lishidan to‘xtatish uchun Respublikachilarga ovoz berishi kerak.

“Mamlakatimiz vayron bo‘lishini to‘xtatib, “Amerika orzusi”ni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, 8 noyabr kuni respublikachilarga ko‘p ovoz berishingiz kerak”, degan Tramp.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Oraliq saylovlardan keyin Donald Tramp Oq uyga qaytish uchun AQSH Prezidentligiga ketma-ket uchinchi marta o‘z nomzodini ilgari surishga tayyorlanmoqda. U 2020 yilgi Prezidentlik saylovida Baydenga yutqazganini hanuz tan olmaydi. Trampning saylovlar adolatsiz o‘tgani borasidagi iddaolarini sud va bir-necha davlat idoralari rad etgan bo‘lsa-da, u hamon o‘zining saylovda g‘olib bo‘lganini aytadi.

Sud Trampning saylovdagi firibgarlik da’volarni rad etganiga qaramay, Respublikachi saylovchilar, ayrim kongressmenlar ( ko‘proq Respublikachilar partiyasidan) va gubernatorlar hamon uning arz-dodini to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Shuningdek, u 2024 yilgi prezidentlik saylovlari haqida ham to‘xtalib, “biz bu g‘o‘zal uyni qaytarib olamiz”, degan.

Pitsburg shahri (Pensilvaniya) markazida tarafdorlari oldida so‘zlagan Obama Demokratlar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘i Pol Pelosiga qarshi siyosiy sabablarga ko‘ra uyushtirilgan hujum nafratli so‘zlar oqibati bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Siyosiy raqiblarni yomon otliq qilish, aqldan ozgan gaplarni aytish odati xavfli muhit yaratadi”, degan Obama Respublikachilarni bevosita tilga olmasdan.

Respublikachilarning ta’kidlashicha, 2020 yilda mamlakatni larzaga keltirgan keng ko‘lamli irqchilikka qarshi norozilik namoyishlariga asoslanib, demokratlar ham siyosiy zo‘ravonliklarni qo‘llagan. Shuningdek, ular demokratlarni ko‘pchilik so‘rovlarga ko‘ra, saylovchilarning eng katta tashvishlaridan ikkitasi bo‘lgan inflyatsiya va jinoyatchilikka e’tibor bermayotganlarini tanqid qilishgan.

5 noyabr kuni Respublikachilarning yetakchilaridan biri Mexmet Oz bir juft twit'da Jon  Fetterman va Baydenni mahalliy energetika sanoatini yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganliklari uchun tanqid qildi va agar saylansa, inflyatsiyaga qarshi kurashishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing