Bayden va’dasini bajardi: 11 sentyabr teraktlari siri fosh qilinadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Adliya vazirligiga 2001 yil 11 sentyabrdagi terakt bo‘yicha surishtiruvlarga doir maxfiy ma’lumotlarni ochiqlashni buyurdi.

“Bugun men AQSH Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralarga Federal tergov byurosining 11 sentyabr voqealari bo‘yicha surishtiruvlari bilan bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni nazoratga olishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladim”, degan Bayden.

Prezidentning buyrug‘i bilan Bosh prokuror Merrik Garlandga maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlarni kelgusi olti oy e’lon qilish vazifasi topshirildi.

Oq uy rahbari AQSH Prezidenti lavozimini egallaganda 2001 yil sentyabr oyida mamlakatda sodir etilgan teraktlar to‘g‘risidagi hujjatlarning bir qismini maxfiylikdan chiqarishga va’da berganini eslagan.

“Bu fojiali hodisaning 20 yilligi yaqinlashar ekan, men bu majburiyatni bajaraman”, degan Bayden.

Avvalroq, 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktda halok bo‘lganlarning yaqinlari Baydendan va’dasini bajarmaguncha, qurbonlarni xotirlash marosimida qatnashmaslikni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

3512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made