Bayden to‘ntarish bo‘lib o‘tgan Myanma to‘g‘risida farmon chiqardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Myanma mulkini Amerika zaminida muzlatish to‘g‘risida farmoyishni imzoladi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati bugun, 11 fevral kuni e’lon qilgan bayonotida aytilgan.

“Myanmadagi vaziyat demokratik o‘tish davri va qonun ustuvorligiga putur etkazadi, AQSHning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga haddan tashqari tahdid soladi. Men ushbu tahdid bilan bog‘liq holda favqulodda holat e’lon qilaman”, deyiladi matnda. 

Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hududlariga tegishli bo‘lgan yoki Qo‘shma Shtatlar hududiga o‘tadigan Myanmaning barcha mulkiy manfaatlar bloklangan va hozirda ularni o‘tkazish, sotish, eksport qilish mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing