Bayden Tramp bilan uchrashadi
Olam
−
13 noyabr 2024 5387 2 daqiqa
Bugun, 13 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni qabul qiladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
“Prezident Bayden 13 noyabr kuni Oq uyda Donald Trampni qabul qilmoqda va mish-mishlarga ko‘ra, u sobiq prezidentni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga undamoqchi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oq uydagi uchrashuvda Tramp Baydenning Ukrainadagi qat’iy siyosatidan voz kechishi mumkin.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per bugun, 13 noyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan Bayden va Tramp uchrashuvi tinch yo‘l bilan o‘tkazilishini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Oq uyga keladi, chunki Bayden uni taklif qilgan. Matbuot kotibi uchrashuv boshlanishidan oldin Oval ofisda protokol tekshiruvi o‘tkazilishini ochiqladi.
Amaldagi Amerika rahbari bo‘lajak prezident bilan uchrashishi talab emas, lekin bu an’anaviy ravishda sodir bo‘lib kelmoqda. Faqatgina Tramp 2020 yilda Baydenni bunday uchrashuvga chaqirmagan.
“An’anaga ko‘ra, bunday uchrashuvlarda mamlakatning ahvoli va siyosatdagi ustuvorliklar muhokama qilinadi, keyin Oq uy rasmiylari keyingi ma’muriyatning o‘tish davri jamoasi bilan uchrashadi”, deyiladi xabarda.
Tramp 2016 yilgi saylovda g‘alaba qozonganida ham xuddi shunday uchrashuv bo‘lgan. Barak Obama bilan suhbat taxminan bir yarim soat davom etgan.
Oq uyga tashrif buyurishdan oldin Tramp Kapitoliyga borib, Vakillar palatasidagi partiya a’zolari, jumladan spiker Mayk Jonson bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Mask va prezidentlikka sobiq nomzod va Trampning ittifoqdoshi Vivek Ramasvami yangi Hukumat samaradorligi departamentiga rahbarlik qilishini ma’lum qilgandi. Trampning aytishicha, Hukumat samaradorligi departamenti AQSH hukumatining federal agentligi bo‘lmaydi, balki “hukumatdan tashqarida” maslahat va yo‘l-yo‘riqlar beradi hamda “tub hukumat islohotlarini amalga oshirish” uchun Oq uy va Boshqaruv va byudjet boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi.
Muhammad Hodiyev
Live
Barchasi