Bayden tornado yopirilgan shtatda favqulodda holat e’lon qildi

Olam

image

AQSHning Kentukki shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 80 dan oshiq inson halok bo‘lgan. Bu haqda shtat gubernatori Endi Beshir malum kildi.

"Kentukkidagi shaharlarni vayron kilgan kuchli tornado qurbonlari soni 100 dan oshadi, tirik qolganlarni topish umidi susaygan", deydi gubernator.

Endi Besherning aytishicha, bu shtat tarixidagi eng dahshatli tornado bo‘lib, hozirgacha ofat oqibatida 80 dan ortiq odam halok bulgan. Yana to‘rt shtatda 14 kishining o‘limi qayd etilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kentukkida tornado kuzatilishi ortidan hududda favqulodda holat joriy qildi. Shuningdek, Bayden tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun yirik federal yordam ajratishni ma’qulladi. Yordam eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga jo‘natilishi belgilangan. Qutqaruvchilar omon qolganlar uchun vayronalarni tozalashgan hamda aholiga suv va generatorlarni tarqatishgan. Milliy gvardiyaning 300 dan ortiq azosi uyma-uy yurib,vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanishgan.

“Biz hali ham ko‘proq odamlarni topish uchun qandaydir mo‘jizalar sodir bo‘lishiga umid qilamiz”, deydi gubernator eng ko‘p talafot ko‘rgan Meyfild shahriga tashrifi chog‘ida. 

Biroq joriy yilning 11 dekabridan beri hech kim topilmagan. Janob Besherning so‘zlariga ko‘ra, tornado 227 milya (365 km ) yo‘lni butunlay vayron qilgan.

Avvalroq, AQSHda eng uzoq davom etgan bo‘ron 1925 yil mart oyida Missuri shtatida qayd etilgan bo‘lib, u 695 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bahor va yoz oylaridan tashqari bunday yirik voqealar AQSHda juda kam uchraydi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing