Bayden Saudiyani Isroilga yon berishga ko‘ndirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Baydenning Yaqin Sharqdagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida Saudiya Arabistoni Isroilga kiruvchi va undan chiquvchi barcha aviakompaniyalar samolyotlari uchun havo hududini ochishini ma’lum qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi bugun, 15 iyul kuni Twitter'dagi sahifasida xabar berdi.

“Ushbu kelishuv uzoq vaqtdan beri muhokama qilingan bo‘lsa-da, AQSH va Saudiya Arabistoni hukumatlari o‘rtasidagi barqaror diplomatiya tufayli, bu nihoyat haqiqatga aylandi. Saudiya Arabistonining qarori Isroilning mintaqaga integratsiyalashuvini yanada jadallashtirishga yordam beradi”, deydi Bayden bayonotida.

Saudiya Arabistonining bu qarorini Bayden uchun kichik yutuq deyish mumkin. Shuningdek, u rasmiy Ar-Riyodga tashrifi davomida neft qazib olish hajmini oshirish va o‘sib borayotgan gaz narxini tushirish uchun kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Bundan oldin, "Air India" kompaniyasidan tashqari barcha xorijiy aviakompaniyalar Tel-Avivga parvoz qilganda Saudiya Arabistoni ustidan parvoz qilish huquqi yo‘qligi uchun qirollik chegarasini aylanib o‘tishlari kerak edi.

Ma’lumot uchun, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar mavjud emas.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing