Bayden Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun pul so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongressdan Pentagonga 715 milliard dollar ajratishni so‘radi. Oq uyning byudjet takliflariga ko‘ra, ushbu mablag‘larni, boshqa narsalar qatori, go‘yoki Xitoy va Rossiyadan kelib chiqadigan tahdidni oldini olishga sarflash rejalashtirilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“So‘rovda Pentagonning asosiy vazifasi sifatida Xitoydan kelib chiqadigan tahdidga qarshi kurashga alohida urg‘u berilgan. Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiyaning beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlarini cheklashga intiladi” deyiladi hujjatda.

Avvalroq Amerika yetakchisi harbiy byudjetni salafi Donald Tramp ajratmoqchi bo‘lgan summa bilan taqqoslaganda yetti milliard dollarga qisqartirishi haqida xabar berilgan edi. Harbiy byudjetning bir qismi Pentagon ichidagi ekologik tashabbuslarga yo‘naltirilishi ochiqlandi. 

Shu bilan birga, o‘n yil ichida birinchi marta 2022 moliyaviy yil byudjetida harbiy va noharbiy xarajatlar o‘rtasida aniq bo‘linish ko‘zda tutilmagan, shuning uchun AQSH Kongressi mudofaa mablag‘larining bir qismini boshqa ehtiyojlarga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

732

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing