Bayden Putinga “tushida ham ko‘rmagan” sanksiyalarni va’da qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 600 million dollarlik qurol yuborgan. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.

Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, Vashington Kiyevga eng yangi harbiy texnika va maxsus vositalar ko‘rinishida mablag‘ jo‘natgan. 

“Biz Ukrainaga 600 million dollarlik so‘nggi mudofaa jihozlarini jo‘natdik”, deydi Bayden Oq uyda so‘zlagan nutqida. 

Shuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga “ilgari hech qachon ko‘rmagan” sanksiyalarni va’da qildi. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga “hujum” sodir bo‘lsa, Rossiyani “halokat” kutmoqda.

“Agar ular Ukrainani zabt etishda davom etsa, bu Rossiya uchun falokat bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

868

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing